Aziz G'anievning ajoyib goli «Shabab al-Ahli»ga bir ochko keltirdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 451

Birlashgan Arab Amirliklarining «Shabab al-Ahli» klubi milliy chempionatning 3-turi doirasida "Al-Vahda" klubi mehmoni bo'lib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Mehmonlarning goliga yarim himoyachi Aziz G'aniev mualliflik qildi. O'zbekistonlik futbolchi bahsning 73-daqiqasida belgilangan jarimani ajoyib zarba bilan golga aylantirdi. To'p to'singa tegib, to'rga borib tushdi. Shu tariqa, o'yinda hisob tenglashdi. Mezbonlar birinchi bo'lim so'ngida Ismoil Matarning goli evaziga hisobni ochishgan edi.
G'aniev uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, o'yin oxiriga qadar maydonda harakat qildi. U bahsning 62-daqiqasida ogohlantirildi.
Ushbu durangdan keyin «Shabab al-Ahli» o'z ochkolarini 5taga etkazib oldi.
BAA Ko'rfaz ligasi, 3-tur
«Al-Vahda» - «Shabab al-Ahli» - 1:1
Gollar: Ismoil Matar (45+1) — Aziz G'aniev (73)
???????? Azizjon Ganiev breaks his @AGLeague_EN duck in style ???? https://t.co/STGl11Mno5
— Ahdaaf (@Ahdaaf_ME) October 30, 2020 Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
189