Panshanbe Tojikiston termasiga chaqirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 765

Hamyurtimiz Usmon Toshev murabbiylik qilayotgan Tojikiston terma jamoasi noyabr oyidagi o'quv-mashg'ulot yig'inini BAAning Dubay shahrida o'tkazib, mazkur yig'in davomida 7 noyabr kuni Bahrayn va 12 noyabr sanasida BAA termalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazadi.
Usmon Toshev ushbu yig'inga jami 26 nafar futbolchi – 3 nafar darvozabon, 8 nafar himoyachi, 9 nafar yarim himoyachi hamda 6 nafar hujumchini jalb etgan.
Biz uchun quvonchlisi, tojikistonliklarning mazkur o'quv-mashg'ulot yig'iniga “Navbahor”ning 21 yoshli mahoratli yarim himoyachisi Ehsoni Panshanbe ham chaqirildi.
Biz Panshanbega bo'lajak bahslarda omad yor bo'lishini tilaymiz.
Manba: “Navbahor” PFK matbuot xizmatiFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
189