Kuman - Bartomeuning ketishi haqida: «Bilmadim bu menga qanchalik ta'sir ko'rsatarkin»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 508

Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Ronald Kuman iste'foga chiqqan klub prezidenti Jozep Bartmoeu haqida fikr bildirdi.
«Bu menga qanday ta'sir ko'rsatishini bilmayman. Bu mening ixtiyorimda emas. Men shunchaki sovrinlarni qo'lga kiritish uchun ishlayapman. Qolgan narsalarni kutish kerak.
Ular o'zgarishlar haqida gapirishmoqda, lekin men asabiylashmayapman. Men o'z ishim bilan shug'ullanaman. Bilaman, bugundan nomzodlar o'z loyihalari haqida gapirishni boshlashadi, lekin kim prezident bo'lishini kutamiz», – dedi Kuman.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
185