Krishtianu Ronaldu karantindan qachon chiqishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 685

Koronavirusga chalingan "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning karantin muddati 3 kundan keyin yakunlanadi. Bu haqda "Football Italia" xabar tarqatdi.
Italiya ilmiy-texnik qo'mita tasdiqlagan protokolga ko'ra, futbolchi organizmida virus miqdori ko'p emasligi va undagi kasallik simptomsiz kechayotgani bois, uning test natijasi musbat chiqayotgan bo'lsa ham 21 kunda karantindan chiqishi mumkin. Hozirgi holatda portugaliyalik o'yinchi boshqalarga infektsiya yuqtirmaydi.
Ammo Ronalduning test natijasi manfiy bo'lmaguncha, u bahslarda ishtirok etmaydi. U faqat mashg'ulotda qatnashishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
216