Jaloliddinov klubi prezidentsiz qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 455

Hamyurtimiz Jasur Jaloliddinov ijara asosida to'p surayotgan Rossiyaning "Tambov" klubi prezidenti Arsen Gabuev egallab turgan lavozimini tark etdi.
«Arsen Taymurazovich Gabuev o'z xohishiga ko'ra egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Kecha biz undan ariza oldik, lekin hozir uning o'rnini kim egallashi haqida bir to'xtamga kelmadik.
Klub prezidenti lavozimi - bu shtatdan tashqari lavozim sanaladi, shu sababli, klub prezidenti bizning umumiy yig'ilishimiz tomonidan saylanadi. Shunday yig'ilishda ushbu lavozim taqdiri hal qilinadi», – dedi "Tambov" klubi bosh direktori Olga Konovalova.
Gabuev «Tambov» klubida 2018 yildan beri prezident sifatida ishlab kelayotgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
173