Daler Bozorov: "Eng yaxshi bo'lishimni kutmagandim"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 499

O'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatining -54 kg vazn toifasida g'oliblikni qo'lga kiritgan Buxoro viloyati vakili Daler Bozorov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Finalda xorazmlik raqibim Anvar Boltaboevga qarshi jang qilib g'alaba qozondim. O'zbekiston chempionatida 4-marotaba g'olib bo'lishim. Chempionatda eng yaxshi bokschi bo'lishimni kutmagandim. Albatta mana shu darajaga etishimda o'zining katta xizmatlarini qo'shgan murabbiylarimga minnatdorchilik bildiraman. Musobaqa judayam ajoyib o'tkazildi. Buning uchun O'zbekiston boks federatsiyasiga, federatsiya raisining birinchi o'rinbosari Saken Po'latovga, o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Bekzod Hidirovga rahmat. O'zbek bokschilaridan Shahram G'iyosovga havas qilaman. Kelajakda men ham O'zbekiston bayrog'ini jahon arenalarida yuqori ko'tarishni maqsad qilganman", — dedi Daler Bozorov.
Sarvinoz Rahmonqulova, Xurshida Abdikulova
O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Bosh sahifaga
145