Messi futbol tarixidagi to'purarlar ro'yxatida 4-o'ringa ko'tarildi (+ro'yxat)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1261

28 oktyabr kuni «Barselona» Evropa chempionlar ligasi 2-turi doirasida Turinda «Yuventus» mehmoni bo'lib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
"Ko'k-anorranglilar"ning bitta golini Lionel Messi penaltidan urdi. Argentinalik futbolchi uchun mazkur gol rasmiy musobaqalar doirasida 721-gol bo'ldi. Bu natija orqali u germaniyalik futbolchi Gerd Myullerni ortda qoldirdi va futbol tarixidagi to'purarlar ro'yxatida 4-o'ringa ko'tarildi.
Messidan yuqori o'rinlarni Romario (734), Krishtianu Ronaldu (742) va Pele (767) egallab turishibdi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
173