Neymar qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 628

«PSJ» hujumchisi Neymar Evropa chempionlar ligasi 2-turi doirasida «Istanbul Bashakshehir»ga qarshi o'yinda (2:0) jarohat oldi. Uning mushagi lat edi.
Jurnalist Muhammad Buxafsiy tvitter orqali xabar tarqatishicha, braziliyalik futbolchining tiklanishi uchun 3 hafta talab etiladi. Shu tariqa, Neymar Braziliya terma jamoasining noyabr oyidagi o'yinlarida ishtirok eta olmaydi.
Shuningdek, 28 yoshli futbolchi Frantsiya chempionati doirasida «Nant» (31 oktyabr) va «Renn» (7 noyabr) hamda EChL doirasida «RB Leyptsig»ga qarshi o'yin (4 noyabr)larni o'tkazib yuboradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
181