«Tottenxem» – evrokuboklarning joriy mavsumida mag'lub bo'lgan Angliyaning ilk klubi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 624

Evropa ligasi guruh bosqichining 2-turi doirasida «Tottenxem» Belgiyada «Antverpen» mehmoni bo'lib, imkoniyatni boy berdi (0:1).
Bu Angliya klublarining evrokuboklarning joriy mavsumdagi ilk mag'lubiyati bo'ldi. Shu paytgacha APL jamoalari 14ta g'alaba va bitta durang qayd etishgan edi.
«Liverpul», «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» Chempionlar ligasida 2tadan g'alabaga erishgan bo'lsa, «Chelsi» bitta g'alaba va bitta durangga erishgan edi.
«Lester» va «Arsenal» klublari Evropa ligasining 2ta uchrashuvida g'alaba qozonishgan bo'lsa, «Tottenxem» esa saralash bosqichini ham qo'shib hisoblaganda 4ta g'alabani qo'lga kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
174