Evropa Ligasi. «Milan» yirik hisobda g'alaba qozondi, «Tottenhem»da esa kutilmagan mag'lubiyat
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 218

Evropa Ligasi 2-turidan o'rin olgan bir qator uchrashuvlar 29 oktyabr, payshanba kuni bo'lib o'tdi.
«Lester» safarda AEK bilan o'ynadi. Jeymi Vardi va Hamza Choudurining gollariga maydon egalari bir javob qaytara oldi. Guruhning ikkinchi o'yinida «Braga» mehmonda «Zarya»dan ustun keldi. «Lester» va «Braga» o'zaro o'yin oldidan 6 ochko to'plagan holda peshqadamga aylangan.
"H" guruhi etakchisi «Milan» o'z uyida «Sparta»ni qabul qildi. Uchrashuvning 24-daqiqasida Brahim Dias o'z boshlagan hujumni chiroyli gol bilan yakunladi. Ikkinchi bo'limda Rafael Leau va Diogu Dalot mehmonlar darvozasi tomon yo'l topa oldi. Guruhning narigi o'yinida «Lill» va «Seltik» jangovar durang qayd etildi.
«Tottenhem» Belgiyaga safar qilib, «Antverpen»ga qarshi maydonga tushdi. Mezbonlar Lior Rafaelovning yagona goli evaziga g'alabaga erishdi. Gollarga boy bo'lgan ikkinchi o'yinda esa LASK jamoasi g'olib chiqdi.
Evropa Ligasi
2-tur bahslari
29 oktyabr, payshanba
G guruhi
AEK Gretsiya — «Lester» Angliya 1:2Gollar: 0:1 – 18, penalti Vardi, 0:2 – 39 Chouduri, 1:2 – 48 Tankovich.
«Zarya» Ukraina — «Braga» Portugaliya 1:2Gollar: 0:1 – 3 Paulinyu, 0:2 – 11 Gaytan, 1:2 – 90+6 Ivanisenya.
H guruhi
«Milan» Italiya — «Sparta Praga» Chexiya 3:0Gollar: 1:0 – 24 Brahim Dias, 2:0 – 57 Rafael Leau, 3:0 – 66 Diogu Dalot.
«Milan»: Teterushanu, Ker, Kalabriya (Konti, 68), Diogu Dalot, Romanoli (Leo Duarte, 81), Kastilexo, Krunich (Maldini, 88), Tonali, Bennaser (Kessie, 81), Brahim Dias, Ibragimovich (Rafael Leau, 46).
«Sparta Praga»: Gecha, Lishka (Plexatii, 80), Ganousek, Chelyustka, Vinnheym, Pavelka, Sachek, Kreychi (Moberg-Karlsson, 63), Dochkal (Patrak, 90), Travnik (Karabets, 80), Yulish (Kozak, 63).
Ogohlantirishlar: Dochkal (28), Lishka (36), Pavelka (52).
«Lill» Frantsiya — «Seltik» Shotlandiya 2:2Gollar: 0:1 – 28 Elyunussi, 0:2 – 32 Elyunussi, 1:2 – 67 Chelik, 2:2 – 75 Ikone.
I guruhi
«Sivasspor» Turkiya — «Makkabi» Isroil 1:2Gollar: 1:0 – 55 Kayode, 1:1 – 68, penalti Biton, 1:2 – 74 Perets.
«Qorabog'» Ozarbayjon — «Vilyarreal» Ispaniya 1:3Gollar: 1:0 – 78 Ovusu, 1:1 – 80 Pino, 1:2 – 84 Pako Alkaser, 1:3 – 90, penalti Pako Alkaser.
J guruhi
LASK Avstriya — «Ludogorets» Bolgariya 4:3Gollar: 1:0 – 2 Balich, 2:0 – 11 Gruber, 2:1 – 15 Manu, 3:1 – 34 Raguj, 4:1 – 55, avtogol Verdon, 4:2 – 67 Manu, 4:3 – 73, penalti Manu.
«Antverpen» Belgiya — «Tottenhem» Angliya 1:0Gol: 1:0 – 29 Rafaelov.
«Antverpen»: Byute, Sek, Jelen, de Lat, Yuklered, Ongla (Verstrate, 70), Miesi (Buta, 58), Gerkens, Xarun, Rafaelov (Benavente, 88), Mbokani.
«Tottenhem»: Loris, Sanches, Devis, Ore, Regilon, Alli (Lamela, 46), Lo Chelso (Hyoyberg, 46), Bergveyn (Lukas Moura, 46), Uinks, Beyl (Keyn, 58), Vinisius (Son Hyon Min, 46).
Ogohlantirishlar: Sek (20), Rafaelov (49), Verstrate (84), Mbokani (90).
L guruhi
«Tsrvena Zvezda» Serbiya — «Slovan L» Chexiya 5:1Gollar: 1:0 – 7 Ben-Nabuan, 2:0 – 21 Ben-Nabuan, 2:1 – 41 Matoushek, 3:1 – 49 Gayich, 4:1 – 67 Katai, 5:1 – 69 Falchinelli.
«Gent» Belgiya — «Hoffenhaym» Germaniya 1:4Gollar: 0:1 – 35, penalti Belfodil, 0:2 – 52 Grillich, 0:3 – 73 Gachinovich, 1:3 – 90 Klyayndinst, 1:4 – 90 Dabbur.
Manba: daryo.uz
Bosh sahifaga
164