Xoland — Chempionlar ligasida eng yaxshi start olgan futbolchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 737

Dortmundning "Borussiya" klubi Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasida "Zenit"ni mag'lub etdi (2:0). Germaniyaliklarning gollaridan biri Erling Xoland hisobiga yozildi.
20 yoshli futbolchi EChLdagi dastlabki 10ta o'yinida 12ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bu esa musobaqa tarixidagi eng yaxshi start hisoblanadi. Bu haqda "Sky Sports" xabar tarqatdi.
Bu borada ikkinchi pog'onani Simone Indzagi, Xarri Keyn va Sadio Mane egallab turishibdi. Ular dastlabki EChLdagi dastlabki 10ta o'yinda 9tadan gol urishgan.
Eslatib o'tamiz, 20 yoshli Erling qishda "Borussiya" safiga qo'shilib, darhol jamoaning muhim hujumchisiga aylandi. Xoland Bundesliga doirasida 20ta o'yinda 18ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Bosh sahifaga
185