Superliga. «So'g'diyona» 7 ta gol urilgan o'yinda «Buxoro»ni taslim etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 350

Coca-Cola Superliga 21-turining so'nggi o'yinida «Buxoro» va «So'g'diyona» jamoalari 29 oktyabr, payshanba kuni o'zaro bahsga kirishdi.
Uchrashuvning 10-daqiqasida Suhrob Ne'matov buxoroliklarni oldinga olib chiqdi. Bunga mehmonlar tezda Jasur Hasanovaning ikkita goli bilan javob qaytardi. 34-daqiqada Zohir Pirimovning kiritgan to'pidan keyin jamoalar tanaffusga durang natijasi bilan yo'l oldi.
Ikkinchi bo'limda jizzaxliklar mezbonlar darvozasini javobsiz uch bor aniq nishonga oldi. Shohruz Norxonovning dubli va Bahodir Nasimovning goli «So'g'diyona»ga yirik hisobdagi g'alabani taqdim etdi.
Ushbu g'alabadan keyin «So'g'diyona» ochkolarini 30 taga etkazib oldi va 7-o'rinda bormoqda. «Buxoro» (11) esa musobaqa jadvalining so'nggi pog'onasidan joy olgan
Coca-Cola Superliga, 21-tur
29 oktyabr, payshanba
«Buxoro» — «So'g'diyona» 2:5
Gollar: 1:0 – 10, penalti Ne'matov, 1:1 – 11 Hasanov, 1:2 – 25 Hasanov, 2:2 – 34 Pirimov, 2:3 – 48, penalti Norxonov, 2:4 – 64 Norxonov, 2:5 – 88 Nasimov.
«Buxoro»: Sardor Qobuljonov, Mirjalol Jumaev, Boburjon Amanov, Suhrob Ne'matov, Jasur Hakimov, Zohir Pirimov (Izzatilla Abdullaev, 84), Jasur Hasanov, Bekzod Sayidov (Muhammad G'iyosov, 74), Ergash Ismoilov (Behruz Sadilloev, 84), Ilhomjon Alijonov, Fayzullobek Jumanqo'ziev.
«So'g'diyona»: Shirinboy Abdullaev, Sardor Qulmatov, Iskandar Shoyqulov, Ayubxon Nomanov, Jamshid Boltaboev (Sanjar Rashidov, 84), Shohruz Norxonov (Bahodir Nasimov, 84), Jasur Hasanov (Sahob Rashidov, 87), San'at Shixov (Shohboz Jo'rabekov, 46), Shavkat Mullajonov, Javohir Qahramonov (Daniel Nasriddinov, 84), Marko Kolakovich.
Ogohlantirishlar: Ismoilov (72), Shoyqulov (76), Kolakovich (82), Sadilloev (85), Hakimov (90).

Bosh sahifaga
110