Messi Chempionlar Ligasidagi golli uzatmalari sonini 35 taga etkazdi, Leo faqat Ronaldudan ortda qolmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 478

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan «Yuventus»ga qarshi bahsda (2:2) golli uzatmani amalga oshirdi.
Argentinalik futbolchi uchun bu musobaqadagi 35-golli uzatma bo'ldi. Mazkur ko'rsatkich bo'yicha faqat «Yuventus» forvardi Krishtianu Ronaldu undan yaxshiroq natija qayd etgan. Portugaliyalikning hisobida 38 ta golli uzatma bor.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu koronavirusdan sog'aymagani tufayli mazkur uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmadi.
Messi 1-tur doirasida o'tkazilgan Vengriyaning «Ferentsvarosh» klubiga qarshi o'yinda ham golli pasga mualliflik qilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
115