Diyor Imomxo'jaev ko'p berilayotgan savollarga javob qaytardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 832

O'zPFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev telegramdagi kanalida eng ko'p berilayotgan quyidagi savollarga javob berib o'tdi.
"Nasaf" futbol klubi davlat ulushi bor korxonalar tomonidan moliyalashtiriladigan jamoalarning Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o'tkazilayotgani sabab OFK litsenziyalashidan o'ta olmadimi?
Yo'q, bu yolg'ondan boshqa narsa emas. Chunki OFK litsenziyasi uchun hujjatlar topshirilayotganda bu ish hali amalga oshmagandi. Shuningdek, AGMK, "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Navbahor", "Metallurg" jamoalari bilan ham shunday hol ro'y beryapti, ammo ular OFK litsenziyasini oldi.
Ro'ziqul Berdiev O'zPFL tomonidan jazolandimi?
Yo'q, bu kabi intizom choralarini Tartib-intizom qo'mitasi ko'rib chiqadi va uning qaror chiqaruvchi organida O'zPFL vakili bo'lmaydi. Har qanday to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ishi shu qo'mitaga tushadi.
"Buxoro" — "So'g'diyona" uchrashuvi hakamlarini O'zPFL o'zgartirdimi?
Yo'q, uchrashuvlarga hakamlarni O'FA Hakamlar bo'limi tayinlaydi. O'zPFL uchrashuvlarda ishlagan hakamlarga gonorar to'laydi va klublar hakamlik bo'yicha shikoyat yozganida, ishni ko'rish chiqish uchun O'FAga oshiradi.

Bosh sahifaga
162