Tezkor! Mahmud Muradovning janggi bekor qilindi. U koronavirusga chalindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 531

Avvalroq aralash jang san'atining (MMA) eng nufuzli yo'nalishi UFCda faoliyatini davom ettirayotgan o'zbekistonlik Mahmud Muradov (24-6, 16 KO, 3 MO) 31 oktyabr kuni amerikalik Kevin Hollandga (19-5, 9 KO, 6 MO) qarshi oktagonga chiqishi haqida xabar bergan edik.
Mahmudning xabar berishicha, uning janggi bekor qilingan. Uning jang oldidan COVI-19ga topshirgan test natijasi ijobiy chiqqan.
"Assalom Aleykum xayrli kun barchaga!
Afsuski, sizlarga noxush xabarni etkazishimga to'g'ri kelmoqda. 31 oktyabrdagi jangim bekor qilindi, chunki COVID19 ga topshirgan testim ijobiy natijani ko'rsatdi. Hammasi Qodir Ollohning irodasi bilan! Alhamdulillah har qanday vaziyatda qo'llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga rahmat. O'zingiz va yaqinlaringizni asrang", -deya yozib qoldirgan Muradov.
A post shared by Makhmud “Mach” Muradov (@makhmud_muradov) on Oct 28, 2020 at 10:06pm PDT

Bosh sahifaga
147