Ronaldu: «Hammasi safsata»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 766

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu koronavirusni aniqlash maqsadida o'tkaziladigan PTsR-testni tanqid ostiga oldi.
Portugaliyalik futbolchi 13 oktyabr kuni COVID-19ga chalingan edi. Krishtianu Chempionlar ligasining 2-turi doirasida bo'lib o'tadigan «Barselona»ga qarshi o'yingacha maydonga qaytishga umid qilgandi. Ammo uchrashuvdan bir kun oldin futbolchi topshirgan test musbat natija berdi. Shu bois, u karantinda qolishda davom etmoqda.
«O'zimni yaxshi his qilyapman va sog'lomman. Olg'a, «Yuve»!» — deya yozdi besh karra "Oltin to'p" sohibi instagram orqali.
35 yoshli futbolchining o'zining xabari ostida izohga quyidagicha fikr ham qoldirdi: «PTsR — hammasi safsata».
«Yuventus» — «Barselona» uchrashuvi bugun tunda Turinda bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.

Bosh sahifaga
229