Superliga. «Paxtakor» Muborakda yirik hisobda g'alaba qozondi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 319

Coca-Cola Superliga 21-turi doirasida «Paxtakor» klubi Muborakda «Mash'al» bilan o'ynadi. Uchrashuvning 5-daqiqasida Dragan Cheran toshkentliklarning ilk golini urdi. Bunga mezbonlar 13-daqiqada Sherzod Temirovning goli bilan javob berdi. 31-daqiqada Doston Hamdamov «sherlar»ni yana oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo'limda «Paxtakor» o'yinchilari ikkita to'p kiritishga erishdi. Ularga Igor Sergeev va Diyor Xolmatov muallif bo'ldi.
Coca-Cola Superliga, 21-tur
28 oktyabr, chorshanba
«Mash'al» — «Paxtakor» 1:4
Gollar: 0:1 – 5 Cheran, 1:1 – 13 Temirov, 1:2 – 31 Hamdamov, 1:3 – 73 Sergeev, 1:4 – 90+3 Xolmatov.
«Mash'al»: Rahimjon Davronov, Najmiddin Normurodov, Sirojiddin Rahmatullaev, Ibe Mishel Okoro, Sherzod Temirov (Humoyun Murtozaev, 62), Mo'minjon Meliev, Muhammadali Aliqulov, Sardor Abduraimov, Denis Vasilev, Abdumalik Norqobilov (Jamoliddin Ubaydullaev, 87), Ibrohim No'‘monov.
«Paxtakor»: Eldorbek Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Akrom Komilov (Farruh Sayfiev, 76), Anzur Ismoilov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran (Javohir Sidiqov 76), Igor Sergeev (Diyor Xolmatov, 85), Egor Krimets, Dostonbek Hamdamov (Asadbek Sobirjonov, 85), Odil Hamrobekov (Vladimir Kozak, 76), Abror Ismoilov.
Ogohlantirishlar: Hamrobekov (40), Ismoilov (45+2), Ismoilov (90).

Bosh sahifaga
176