Noyer: "Uchrashuv juda qiyin bo'ldi, ammo natijadan mamnunmiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 793

"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer EChL guruh bosqichining 2-turida "Lokomotiv" bilan o'yin (2:1) natijasi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Tabiiyki, biz natijadan mamnunmiz. Uchrashuv juda qiyin bo'ldi, biz uchrashuvda g'alaba qozonishimiz uchun ko'p kuch sarfladik. O'ylashimcha, "Loko" juda yaxshi futbol namoyish qildi, mezbonlar ixcham va ishonchli harakat qilishdi. Ikkinchi golni urish uchun bir nechta imkoniyatni qo'ldan boy berdik, keyin gol o'tkazib yubordik. Ammo yakunda biz yana gol urib g'alabani tortib olishga muvaffaq bo'ldik.
Biz har doim o'zimizga ishonamiz. O'ylaymanki, so'nggi bir necha oy ichida hamma jamoamizning xarakterini ko'rdi", - dedi Noyer UEFA rasmiy saytida.
Manba: uefa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
162