MOQda velosiped sportining istiqbolli rejalari muhokama qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 775

Kecha Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston velosiped sporti federatsiyasining Tokio-2020 Olimpiadasi, shuningdek, Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik dasturi muhokama qilindi. Unda Rustam Shoabdurahmonov boshchiligidagi MOQ mutasaddilari, federatsiya bosh kotibi va terma jamoa trenerlari ishtirok etishdi.
Cuhbat davomida sportchilarimizning nafaqat bo'lajak musobaqalarda ishtirok etish, balki medallar uchun kurashish imkoniyatlari ham atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, yurtimizda ushbu sportining ommaviyligini yanada oshirish, shosse va trekda xalqaro arenalarda munosib ishtirok eta oladigan erkaklar va ayollar professional jamoalarini tashkil qilish kabi masalalarga ham to'xtalib o'tildi. Muloqotni jamoamizda faoliyat olib borishi kutilayotgan xorijlik murabbiylar Valentin Savitskiy (Rossiya) va Sergey Volchok (Belarus) ham kuzatib borishdi. Ma'lumot uchun, Segrey Volchok trekning tempo, Valentin Savitskiy esa sprint yo'nalishida ishlaydi. Allaqachon Toshkentga etib kelgan S.Volchok majlisda shaxsan qatnashdi. Yaqin kunlar ichidaushbu mutaxassis rasman tanishtiriladi.
Taqdimot yakunida MOQ rahbari federatsiyaning rejalarini qo'llab-quvvatladi va bu borada o'zining fikr-mulohazalarini bildirib, tegishli tavsiyalar berdi. Jizzax viloyatida qurilayotgan VMX trassasi bitgach, ushbu yo'nalishda ham xorijlik murabbiyni jalb qilish taklifi ma'qullandi.

Bosh sahifaga
165