"Bavariya" futbolchisi: "Qiyin g'alabani qo'lga kiritdik"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 535

Myunxenning "Bavariya" klubi futbolchisi Yozua Kimmix EChL doirasida "Lokomotiv" ustidan (2:1) safarda qo'lga kiritilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.
"G'alaba haqiqatdan ham qiyin qo'lga kiritildi. Biz yomon o'ynamadik, lekin o'yinni ertaroq tugatishimiz kerak edi. To'g'ri, birinchi golni ertaroq kiritdik, biroq, ikkinchi golni kiritish uchun aniq bir vaziyatga ega bo'lmadik.
Ular bir necha marotaba xavfli qarshi hujumlar uyushtirishdi, biroq, vaziyatlardan foydalana olishmadi. Qo'lga kiritilgan g'alabadan xursandman", - dedi Kimmix DAZN bilan suhbatda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
198