"Liverpul" osmonida qora bulutlar: yana bir markaziy himoyachi jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 528

Angliyaning «Liverpul» klubi joriy mavsumda markaziy himoyachilar bilan bog'liq bo'lgan jiddiy muammolarni boshidan o'tkazmoqda.
EChLning 2-turi doirasida «Midtyulland» klubiga qarshi ayni paytda bo'lib o'tayotgan uchrashuvda markaziy himoyachi rolida o'ynayotgan Fabino jiddiy jarohat oldi.
Birinchi bo'limning o'rtalarida braziliyalik futbolchi jiddiy jarohat oldi va maydonni tark etdi. Uning o'rniga 19 yoshli Ris Uilyams maydonga tushdi.
Avvaliga Virdjil van Deyk jiddiy jarohat olgandi, keyiroq esa Joel Matip safdan chiqdi. Ularning o'rnini to'ldirish maqsadida Klopp Fabinoni markaziy himoyaga o'tkazgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
193