"Bavariya" Moskvada "Lokomotiv"ga imkoniyat qoldirmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 458

Evropa Chempionlari Ligasining ikkinchi tur doirasida bo'lib o'tgan "Lokomotiv" hamda "Bavariya" klublari o'rtasidagi uchrashuvda mehmonlarning qo'li baland keldi.
Goretska uchrashuvning 13-daqiqasida hisobni ochgan bo'lsa, 70-daqiqada Anton Miranchuk muvozanatni tenglashtirdi. Kimmix esa 79-daqiqada mezbonlar darvozasini ishg'ol etib, o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi.
"Lokomotiv" - "Bavariya" - 1:2 (0:1)
Gollar: Goretska, 13 - 0:1, Miranchuk, 70 - 1:1, Kimmix, 79 - 1:2
"Lokomotiv": Gilerme, Serkeyra, Jivoglyadov, Riibus, Ignatev (Jemaletdinov, 76), Kriixovyak, Miranchuk, Kulikov (Lisakovich, 89), Chorluka (Raykovich, 46), Ze Luish, Smolov (Riibchinskiy, 75).
"Bavariya": Noyer, Pavar, Zyule, Alaba, Lyuka Ernandes, Gorettska (Xavi Martines, 46), Kimmix, Myuller (Gnabri, 46), Tolisso, Koman (Duglas Kosta, 69), Levandovski.
Endi 3-turni "Lokomotiv" "Atletiko" klubiga qarshi 3 noyabr kuni o'tkazsa, "Bavariya" o'z maydonida "Zaltsburg" klubini qabul qiladi.

Bosh sahifaga
176