"Everton" futbolchisining diskvalifikatsiyasi qisqartirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 300

Angliyaning «Everton» klubi himoyachisi Lyuka Dinning diskvalifikatsiyasi qisqartirildi. Lyuka APLning uchta o'yinini emas, bitta uchrashuvini o'tkazib yuboradigan bo'ldi. Bu haqda Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) matbuot xizmati xabar bermoqda. Chunki, «Everton»ning bergan apellyatsiyasi qabul qilindi.
Eslatib o'tamiz, Din «Sautgempton» klubiga qarshi o'yinda maydondan chetlashtirilgan edi. Ushbu uchrashuvda uchralgan mag'lubiyat Anchelotti boshchiligidagi "Everton" klubining joriy mavsumdagi birinchi omadsizligi bo'ldi.
«Everton» haliyam APL peshqadamligini o'z qo'lida saqlab kelmoqda. 1 nobyar kuni «Gudison Park»da «Nyukasl» klubi bilan bellashadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
210