Iguain nima uchun AQShni tanlaganini tushuntirib berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 582

AQShning «Inter Mayami» klubi hujumchisi Gonsalo Iguain nima uchun aynan Okean orti chempionatiga o'tganini tushuntirib berdi. Iguain «Yuventus» bilan shartnomani bekor qildi va MLS chempionatiga yo'l olgandi.
«Evropa OAVsidan charchagandim. Men har doim nimanidir isbotlashim kerak edi. Bu juda uzoq davom etdi. Men so'nggi paytlarda futboldan zavq olmay qo'ygandim.
Men anchadan beri MLS chempionatiga qiziqardim. Bu erda mening ukam o'ynaydi. Men bu erga yana futboldan zavq olish uchun keldim. «Inter Mayami» men xohlagan barcha narsani bera oldi. Ushbu klubda ekanligimdan xursandman», - dedi Iguain CBS Sports bilan suhbatda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
174