"Chelsi" ertangi o'yin uchun kengaytirilgan ro'yxatini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 726

Londonning «Chelsi» klubi murabbiylar shtabi ertaga EChL doirasida Rossiyaning "Krasnodar" klubiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvda maydonga tushishi mumkin bo'lgan futbolchilarning kengaytirilgan ro'yxatini e'lon qildi.
Qayd etish kerakki, Rossiyaga "Chelsi"ning 22 nafar futbolchisi ketmoqda. Kengaytirilgan ro'yxatdan Kepa Arrisabalaga, Markos Alonso va Tyago Silvalar joy olmadi.
"Chelsi"ning kengaytirilgan tarkibi: Antonio Ryudiger, Andreas Kristensen, Jorjino, N’Golo Kante, Temmi Abraxam, Kristian Pulishich, Timo Verner, Villi Kabalero, Fikayo Tomori, Kurt Zuma, Eduar Mendi, Mateo Kovachich, Olive Jiru, Meyson Maunt, Kallum Xadson-Odoi, Xakim Ziesh, Ris Djeyms, Sezar Aspilikueta, Kay Xaverts, Emerson Palmieri, Karlo Jiger.
«Krasnodar» - «Chelsi» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv ertaga, Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.

Bosh sahifaga
173