Bilasizmi? Pike "Barselona"dan istalgan payt ketishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 380

Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Jerar Pike jamoani o'z xohishi bilan tark etish huquqiga ega, deya yozmoqda Goal portali.
Nashrning yozishiga qaraganda, futbolchi bilan tuzilgan shartnomada bir tomonlama uni bekor qilish uchun Pikeda huquq bor. Biroq, Pike "Barselona"dan ketadigan bo'lsa, yo faoliyatini yakunlashi va Evropa klublaridan tashqari, istalgan klubga o'tishi kerak.
33 yoshli Pike "Barselona" tarkibida 2008 yildan beri o'ynab kelmoqda. U jamoa tarkibida 549 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 47 ta gol kiritdi. Uning "Barsa" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
228