O'runov O'zbekiston terma jamoasining noyabr oyidagi yig'iniga taklif etildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 495

«Spartak» yarim himoyachisi Oston O'runov O'zbekiston terma jamoasining noyabr oyidagi yig'iniga taklif etildi. Bu haqda "qizil-oqlar" matbuot xizmati xabar tarqatdi.
O'zbekiston milliy jamoasi 12 noyabr kuni Suriya, 17 noyabr kuni esa Iroq terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi. Uchrashuvlar Birlashgan Arab Amirliklarida bo'lib o'tadi.
O'runov terma jamoamizning oktyabr oyidagi yig'inida ham ishtirok etgandi. Ammo jarohat olishi natijasida «Spartak»ning 3ta o'yinini o'tkazib yubordi.
19 yoshli O'runov joriy mavsumda «Spartak» safida 6ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
238