Son Xyong Min APL tarixiga kirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 469

«Tottenhem» hujumchisi Son Xyong Min Angliya Premer Ligasining 6-turidan o'rin olgan «Byornli»ga qarshi bahsda (1:0) jamoasining yagona goliga mualliflik qilib, ajoyib statistik natija qayd etdi.
Gracenote xabariga ko'ra, koreyalik futbolchi klubining dastlabki 3 ta safar o'yinida 6 ta gol urgan Angliya chempionati tarixidagi ilk futbolchiga aylangan.
Qayd etish joiz, Son shu tariqa 2020/21 yilgi mavsum Premer Ligadagi gollari sonini 8 taga etkazib olib, musobaqa to'purarlari ro'yxatida 1-o'ringa ham chiqib oldi.
Ma'lumot uchun, 28 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 9 uchrashuvda maydonga tushib, 10 gol va 4 golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
201