«Yuventus» - «Barselona». Ronaldu o'yinda ishtirok etadimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 883

"Yuventus" klubi Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan "Barselona"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Uchrashuvga bir kun qolganda turinliklar mashg'ulotida 3 nafar etakchi futbolchilar ishtirok etishmayapti. Ular — markaziy himoyachilar Leonardo Bonuchchi va Jorjo Kellini, shuningdek, hujumchi Krishtianu Ronaldu.
Bonuchchi "Verona"ga qarshi o'yinda (1:1) mushagidan jarohat olgan va hozircha individual tarzda shug'ullanmoqda. Kellini o'tgan haftaning seshanba kuni jarohat olgan edi. Ronaldu esa koronavirusdan davolanmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Yuventus" - "Barselona" o'yini 28 oktyabrdan 29 oktyabrga o'tar kechasi, Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203