«Milan» 61 yil avvalgi rekordini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 539

26 oktyabr, dushanba kuni bo'lib o'tgan «Milan» — «Roma» uchrashuvida 3:3 hisobi qayd etildi.
"Opta Paolo" tarqatgan xabarga ko'ra, "rossoneri" barcha musobaqalar doirasida ketma-ket 11ta o'yindan beri kamida 2ta gol urib kelmoqda.
Bu orqali jamoa 1959 yilda qayd etilgan o'zining rekordini takrorladi. Stefano Pioli jamoasi 29 oktyabr kuni Evropa ligasi guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan «Sparta»ga qarshi uchrashuvda rekordni yangilashlari mumkin. Buning uchun ular pragaliklar darvozasiga kamida 2ta gol urishlari kerak.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
179