O'zbekiston futzal terma jamoasi Afrika chempioni bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 934

Futzal bo'yicha Osiyo chempionatida ishtirok etadigan O'zbekiston terma jamoasi 1-9 noyabr kunlari o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etadi.
Bosh murabbiy Bahodir Ahmedov mazkur yig'inga 17 nafar futbolchini jalb etdi. Yig'in doirasida futzalchilarimiz Marokash vakillariga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.
Mazkur uchrashuvlar 7-8 noyabr kunlari Marokash poytaxti Rabot shahrida bo'lib o'tadi.
Yig'inga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati:
1. Umarov Rustam («AGMK»)
2. Eliboev Ravshan («Paxtakor»)
3. Anorov Javlon (“Maksam Chirchiq”)
4. To'lqinov Elbek (“Maksam Chirchiq”)
5. Adilov Mashrab («Paxtakor»)
6. Raxmatov Anas («AGMK»)
7. Abduvaliev Avazbek («Paxtakor»)
8. Xamroev Ilxom («AGMK»)
9. Nishonov Xusniddin («AGMK»)
10. Raxmatov Dilshod (“Xuaxin Jizzax”)
11. Choriev Davron («AGMK»)
12. Usmanov Akbar («Paxtakor»)
13. Juraev Sunnat («Paxtakor»)
14. Erkinov Xushnur («Metallurg»)
15. Elmuradov Abbos (“Xuaxin Jizzax”)
16. Solixov Abdulla («AGMK»)
17. Shavkatov Dilmurod («Paxtakor»)

Bosh sahifaga
191