«Milan» vs «Inter». Ibrahimovich qaysi jamoa safida ko'p gol urgan?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2745

26 oktyabr, dushanba kuni bo'lib o'tgan «Milan» — «Roma» uchrashuvida 3:3 hisobi qayd etildi.
«Rossoneri» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich kechagi bahsda dublga erishdi. Uning «Milan» safida A seriya doirasida urgan gollari soni 58taga etdi. Natijada 39 yoshli futbolchi Italiya chempionatida aynan "qizil-qoralar" safida gol urish bo'yicha etakchiga aylandi.
Shvetsiyalik futbolchi «Inter»dagi faoliyati davomida 57ta to'p kiritgan bo'lsa, Ibrahimovich «Yuventus» tarkibida 23ta gol muallifiga aylangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203