Mourino «Tottenxem»ning asosiy muammosi nimada ekanini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 717

"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino jamoasining joriy mavsumdagi holati haqida o'z fikrini bildirdi.
"Ochig'ini aytishim kerak, "Tottenxem"da yaxshi hujumchilar bor, ammo ularga barqarorlik etishmayapti. Biz himoyada ishonchli harakat qilishimiz kerak, shuningdek, balansga ega bo'lishimiz lozim.
Bu jamoaga oid savol, individual emas. Tarkibdagi hujumchilar bilan biz yaxshi harakat qilishni o'rganishimiz kerak, shuningdek, himoyada uyushgan holda o'ynab, raqibga ortiqcha hudud bermasligimiz lozim. Bundan tashqari, ba'zi jihatlarimizni yaxshilashimiz zarur.
Siz tarkibimizga, futbolchilarning saviyasiga, statistikaga qarashingiz mumkin. Biz echim topishimiz va jamoa sifatida harakat qilishimiz kerak", - dedi Mourino.

Bosh sahifaga
214