Superliga. «Nasaf» Bekobodda g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 323

O'zbekiston chempionatining 21-turiga bugun start berildi. Jadvalda 6-o'rinni egallab turgan «Metallurg» o'z maydonida 3-o'rinda borayotgan "Nasaf"ni qabul qilib, imkoniyatni boy berdi.
Birinchi bo'limda kichik ustunlik qarshiliklar tomonida bo'lgan bo'lsa ham, tanaffusgacha hisob ochilmadi.
Ikkinchi bo'limning ikkinchi yarmiga kelib mezbonlar tashabbusni o'z qo'llariga ola boshlashdi. Ammo gol urish "Nasaf"ga nasib etdi. Bahsning 73-daqiqasida to'p burchakdan o'yinga kiritilgach, zaxiradan tushganiga ko'p bo'lmagan Bobur Abduxoliqov hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi.
Oradan ko'p o'tmasdan "Nasaf" qarshi hujum tashkil qildi va Dilsho Saidov o'tkir burchak ostida yo'llagan zarbasini Lobanov qaytara olmadi.
Shu tariqa, "Nasaf" muhim g'alabani qo'lga kiritdi va AGMKning ochko yo'qotishidan foydalanib, jadvalda 2-o'ringa ko'tarilib oldi.
Superliga. 21-tur
METALLURG – NASAF - 0:2 (0:0)
Gollar: Bobur Abduxoliqov (73), Dilshod Saidov (80)
"Metallurg": 12. Aleksandr Lobanov, 5. Abbosjon Otaxonov, 7. Doniyor Narzullaev, 8. Salamat Quttiboev, 11. Murodbek Bobojonov, 14. Abror Toshqo'ziev, 21. Kamoliddin Tojiev, 27. Ixtiyor Toshpo'latov, 28. Stanislav Andreev, 77. Muhammad Isaev, 88. Evgeniy Chumak.
Zaxira: 1. Akmal Tursunboev, 4. Odilbek Abdumajidov, 9. Mahmudjon Qudratullaev, 10. Shahzod Ubaydullaev, 15. Zohid Abdullaev, 20. Xudoyshukur Sattorov, 22. Shahzodbek G'ofurbekov, 23. Abdurahmon Abdulhaqov, 30. Andrey Shipilov, 43. Davron Anvarov.
“Nasaf”: 35. Abduvohid Ne'matov, 4. Husniddin Aliqulov, 8. Dilshod Saitov, 14. Sharof Muhitdinov, 19. Husain Norchaev, 20. Islom Kenjaboev, 22. Akmal Mozgovoy, 34. Sherzod Nasrullaev, 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoevich, 92. Umar Eshmurodov
Zaxira: 1. Umidjon Ergashev, 13. Azamat Soyibov, 7. Dilshod Rahmatullaev, 10. Bobir Abdiholiqov, 15. Jo'rabek Mannonov, 18. Javohir Esonqulov, 25. Muhriddin Zoirov, 70. Abubakrrizo Turdaliev.
Hakamlar: Asker Najafaliev, Olim Abduvosilov, Ruslan Serazitdinov, Rustam Choriev
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Zohid Akramov

Bosh sahifaga
209