«PSJ» sport direktori Kilian Mbappe bilan yangi shartnomani muhokama qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 440

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe jamoa rahbariyati bilan o'zining kelajagini muhokama qilmoqda.
"L’Equipe" tarqatgan xabarga ko'ra, parijliklar sport direktori o'tgan haftada futbolchining vakillari bilan uchrashdi va yangi shartnoma borasida muzokara o'tkazdi. Muzokara yakunida tomonlar aniq bir to'xtamga kelishmadi.
21 yoshli futbolchi «PSJ»da qolishga qarshi emas, ammo u klubning qay tariqa rivojlanishini, tarkib qanday kuchaytirilishini tushunib olmoqchi. Shuningdek, Mbappening o'zi ham ushbu masalada Leonardo bilan gaplashgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
209