«Milan»ning 5 a'zosi koronavirusga chalindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 351

"Milan"ning ikki nafar o'yinchisi koronavirusga chalindi. Darvozabon Janluidji Donnarumma va hujumchi Yens Petter Xeuge topshirgan test musbat natija berdi.
Shuningdek, "rossoneri"ning 3 nafar a'zosida COVID-19 aniqlangan, ammo ularning ismi ma'lum qilinmadi. Ulardagi kasallik simptomsiz kechmoqda va ular karantinga olinishdi.
Kasallanganlar haqida mahalliy sog'liqni saqlash organlariga ma'lumot berildi. "Milan"ning qolgan a'zolari topshirgan test natijasi manfiy bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, "Milan" bugun tunda "San-Siro"da "Roma"ni qabul qiladi. Bahs 00:45da start oladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220