Bartomeu ertaga iste'foga chiqishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 306

«Barselona» rahbariyati klub prezidenti Jozep Bartomeuga nisbatan ishonchsizlik votumi so'rovnomasini o'tkazishni istamayapti.
"Ko'k-anorranglilar" Kataloniya hukumati rahbariyatiga murojaat qilib, 1-2 noyabr kunlariga belgilangan so'rovnomani boshqa muddatga ko'chirishni so'radi. Ammo hukumat bu talabga rad javobini berdi.
Agar so'rovnoma belgilangan muddatda o'tkazilishi tasdiqlansa, Bartomeu va uning jamoasi ertaga iste'foga chiqishi mumkin. Diario Sport tarqatgan xabarga ko'ra, «Barsa» prezidenti direktorlar kengashiga ertaga butun rahbariyat iste'foga chiqishini ma'lum qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
218