«Manchester Siti» yangi murabbiy nomzodini ko'rib chiqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 394

«Manchester Siti» klubi bosh murabbiy Xosep Gvardiolaning jamoa tark etishiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Ispaniyalik mutaxassisning mankunianliklar bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi.
Britaniya matbuot tarqatgan xabarga ko'ra, "shaharliklar" rahbariyati yangi bosh murabbiy sifatida Yulian Nagelsmanning nomzodini ko'rib chiqmoqda. Eslatib o'tamiz, germaniyalik mutaxassis hozirda «Leyptsig»ni boshqarmoqda.
Shuningdek, "Siti"ning nomzodlar ro'yxatidan Maurisio Pochettino ham o'rin egallagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
187