Italiya sport vaziri: «Ronaldu protokolni buzgani o'z isbotini topdi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 551

Italiya sport vaziri Vinchentso Spadafora «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu karantin qoidasini buzganini yana bir marta ta'kidladi.
«Ronaldu tibbiy protokolga amal qilmadi. Buni surishtiruv ishlari ham isbotlamoqda», — dedi Spadafora "Football Italia" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu 13 oktyabr kuni koronavirusga chalindi. 35 yoshli futbolchi Portugaliyada karantin muddatini o'tash o'rniga Turinga qaytishga qaror qildi. Chunki, qoidaga ko'ra, karantin muddati Portugaliyada 14 kunga, Italiyada esa 10 kunga teng.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196