Arteta: «Nima uchun «Arsenal»ning goli inobatga olinmaganini tushunmadim»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 427

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya chempionatining 6-turi doirasida bo'lib o'tgan «Lester Siti»ga qarshi o'yin (0:1) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Hafsalam pir bo'ldi. Birinchi bo'limda barchasi bizning qo'limizda edi. Nima uchun «Arsenal»ning goli inobatga olinmaganini tushunmadim.
Himoyamizda bo'sh hudud yuzaga kelganida «Lester» bizni jazoladi. O'sha vaziyat tufayli o'yinni boy berdik. Raqib butun jamoa bo'lib himoyalanganda vaziyatni yuzaga keltirish qiyin. Ammo o'yinning yakuniy qismini yaxshiroq o'tkazishimiz kerak edi. Gol o'tkazib yuborganimizdan keyin bizda imkoniyat bo'ldi, ammo noaniq zarbalarni haddan tashqari ko'p yo'lladik», – dedi Arteta.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194