Habib Nurmagomedov Jastin Getjiga qarshi jangdan uch hafta oldin oyog'ini sindirib olgani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 799

UFC prezidenti Deyna Uayt engil vazn toifasi chempioni Habib Nurmagomedov Jastin Getji qarshi jang oldidan jarohat olgani haqida gapirdi.
«Mengacha bir ma'lumot etib keldi. Buni eshitdingizmi yoki yo'q bilmayman. Ma'lum bo'lishicha, unda oyoq sinishi kuzatilgan. Bu jangdan uch hafta avval sodir bo'lgan. Buni menga Habibning atrofidagi odamlar aytdi. U hech kimga hech narsa demadi, Habib eng chidamli odamlardan biri», — deydi Uayt.
Eslatib o'tamiz, Habib «Jangchilar oroli»da bo'lib o'tgan UFC 254 musobaqasida Jastin Getjini ikkinchi raundda bo'g'ish usulini qo'llab taslim etdi. Jangdan keyin rossiyalik yakkakurashchi faoliyatini yakunlashini ma'lum qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
190