A seriya. «Napoli» irodali g'alabaga erishdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 786

Italiya A seriyasining 5-turi doirasida "Napoli" mavsum debyutanti "Benevento" klubi mehmoni bo'lib, qiyin g'alabani qo'lga kiritdi.
Mezbonlarning bahsning 30-daqiqasida Roberto Insinening goli evaziga hisobni ochishga muvaffaq bo'lishdi.
Neapolliklarning urinishi esa ikkinchi bo'limda o'z samarasi berdi. Lorentso Insine 60-daqiqada hisobni tenglashtirgan bo'lsa, oradan 7 daqiqa o'tib Petanya "Napoli"ga g'alabaga keltirgan gol muallifiga aylandi.
Ushbu g'alabadan keyin Jennaro Gattuzo jamoasi 11 ochko bilan jadvalda 2-o'ringa ko'tarilib oldi.
Italiya A seriyasi, 5-tur
Benevento – Napoli 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 30 Insine, 1:1 – 60 Insine, 1:2 – 67 Petanya.
Benevento – Montipo, Fulon (Madjo, 64), Letitsia, Kaldirola, Glik, Ionitse, Dabo (Improta, 64), Insine (Di Serio, 77), Skyattarella, Kaprari (Tuyya, 53), Lapadula (Sau, 64).
Napoli – Meret, Di Lorentso, Kulibali, Mariu Ruy, Manolas, Bakayoko (Demme, 74), Fabian Ruis (Lobotka, 88), Losano (Politano, 58), Insine (Gulyam, 88), Osimxen, Mertens (Petanya, 58).
Ogohlantirishlar: Kaprari (45), Fulon (57), Glik (85), Politano (90).

Bosh sahifaga
206