Ronaldu yana test topshirdi va...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 504
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yana koronavirus uchun test topshirdi.
Tuttosport nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, uning bu safargi test natijasi ham ijobiy chiqqan. Portugaliyalik futbolchi o'zini yaxshi his qilmoqda va o'z uyida shug'ullanishda davom etmoqda.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu EChL doirasida "Barselona" klubiga qarshi bo'ladigan o'yinda maydonga tushish uchun, 24 soat oldin test topshirishi kerak va uning natijasi salbiy chiqishi shart!
"Yuventus" va "Barselona" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 28 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!