Aguero yana safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 237

Angliyaning "Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning argentinalik hujumchisi Serxio Aguero APLning 6-tur doirasida "Vest Xem" (1:1) klubiga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda jarohat olganini aytib o'tdi.
"Aguero mushaklaridan jarohat oldi. Uning sonini orqa qismi jarohatlandi. Ertaga barchasiga oydinlik kiritiladi", - Gvardiolaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda klub rasmiy sayti.
Qayd etish kerakki, 32 yoshli Aguero yaqindagina jarohatidan forig' bo'lib, maydonga qaytgandi. U joriy mavsumda uchta o'yinda maydonga tushdi va bitta gol kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
131