Ronaldu Habibni tabrikladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 681
«Yuventus» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu rossiyalik sportchi Habib Nurmagomedovni AQShlik Jastin Getji ustidan qozonilgan g'alaba bilan tabrikladi.
Nurmagomedov faoliyatidagi 29-g'alabani qo'lga kiritgan bo'lsa, chempionlik kamarini 3 marta muvaffaqiyatli himoya qildi.
«Tabriklayman, aka. Otang sen bilan faxrlanadi», — deya yozdi Ronaldu instagram orqali.
Getjiga qarshi jang Habib uchun otasining vafotidan keyin ilk jang bo'lgan edi. Abdulmanap Nurmagomedov 3 iyul kuni vafot edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!