La liga. «Atletiko» g'alaba qozondi, Suares gol urdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 507
Ispaniya chempionatining 7-turi doirasida «Atletiko» o'z maydonida «Betis»ni qabul qildi.
Birinchi bo'limda hisob ochilmagan bo'lsa, ikkinchi taymning ilk daqiqasidayoq Lorente hisobni ochdi.
Bahsning 74-daqiqasida mehmonlar himoyachisi Montoyya maydondan chetlatildi. O'yinga qo'shib berilgan daqiqalarda esa Suares ikkinchi golni urib, bahs taqdirini hal qildi. Urugvaylik futbolchining ushbu mavsumdagi gollari 4taga etdi.
Ushbu g'alabadan keyin "Atletiko"ning ochkolari soni 11taga etdi va jamoa 2-o'ringa ko'tarilib oldi.
Ispaniya La ligasi, 7-tur
Atletiko – Betis 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 46 Lorente, 2:0 – 90 Suares.
Atletiko – Oblak, Ermoso (Lodi, 77), Savich, Felipe, Tripper, Lorente, Torreyra (Karrasko, 46; Vitolo, 83), Koke, Lemar (Errera, 46), Korrea (Joau Feliks, 57), Suares.
Betis – Bravo, Montoyya, Bartra, Moreno, Mandi, Rodriges (Ruis, 80), Kanales, Telo (Xoakin, 65), Vilyam Karvalyu (Moron, 65), Fekir, Sanabriya (Iglesias, 80).
Ogohlantirishlar: Suares (41), Koke (50).
Chetlatish: Montoyya (74).