APL. «MYu» - «Chelsi» bahsida nursiz durang qayd etildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 505

Angliya chempionatining 7-turi doirasida "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari "Old Trafford"da to'qnash kelishdi.
Bu uchrashuvdan ko'p narsa kutgan ishqibozlarning hafsalasi pir bo'lgan bo'lsa ajab emas. Chunki, jamoalar ehtiyotkor o'yin namoyish qilishi natijasida golga tortadigan vaziyatlar ko'p bo'lmadi.
Birinchi va ikkinchi bo'limda Markus Reshfordda bittadan yaxshi imkoniyatlar bo'ldi. Har safar londonliklar posboni Eduar Mendi seyv namoyish etib, jamoasini goldan qutqarib qoldi.
Shu tariqa, klublar 2 ochkodan yo'qotishdi.
Angliya premer-ligasi, 6-tur
Manchester Yunayted – Chelsi 0:0 (0:0, 0:0)
Manchester Yunayted – De Xea, Lindelef, Uan-Bissaka, Shou, Maguayr, Fred, Mata (Pogba, 58), Jeyms (Kavani, 58), Maktomini (Grinvud, 83), Brunu Fernandesh, Reshford.
Chelsi – Mendi, Jeyms, Zuma, Aspilikueta, Chiluell, Xavertts (Maunt, 72), Jorjino, Pulishich (Ziesh, 81), Kante, Tiago Silva, Verner (Abraxam, 71).
Ogohlantirishlar: Shou (39), Xavertts (45), Fred (46), Reshford (76).

Bosh sahifaga
186