"Yuventus" Dibala bilan muzokaralarni to'xtatib qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 749
Turinning "Yuventus" klubi jamoa hujumchisi Paulo Dibala bilan yangi shartnoma borasida olib borayotgan muzokarani to'xtatib qo'ydi, deya xabar tarqatmoqda Tuttosport.
Manbaning yozishiga qaraganda, tomonlar yangi shartnomaning bir nechta bandlari borasida bir to'xtamga kela olishmadi va shu sababli muzokara vaqtinchalik to'xtatildi.
Qayd etilishicha, ushbu vaziyatni Dibalaga faol qiziqish bildirayotgan "Chelsi" klubi diqqat bilan kuzatib turibdi.
Qo'shimcha o'rnida shuni aytish kerakki, Dibalaning "Yuve" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyun oyigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!