Kavani "MYu"dagi debyut uchrashuvini qachon o'tkazishi ma'lum qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 996
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher jamoaning yangi hujumchisi Edinson Kavani qachon debyut uchrashuvini o'tkazadi degan savolga javob qaytardi.
"Kavanini tayyor bo'lishi uchun vaqt talab qilingandi, chunki, u uzoq muddat maydonda to'p surmadi. Karantin davrida biz unga barcha sharoitlarni yaratib berdik, trenajyor zal va yugurish yo'lakchalarini. Ayni paytda Edinson ishlash uchun bor kuchini ishga soldi va umid qilamanki u "Chelsi" klubiga qarshi bo'ladigan o'yinda maydonga tushishga tayyor, - Sulsherning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.
"Mankunianlar" bugun "Chelsi" klubini o'z maydonida qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:30da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!