«MYu» qishda Traore bilan shartnoma imzolashga harakat qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 622
Sky Sports portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Angliyaning «Vulverxempton» klubi futbolchisi Adama Traorega «Manchester Yunayted» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
«Qizil iblislar» qanot hujumini kuchaytirish niyatida, shu sababli, klub qishki transfer bozorida 24 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko'radi.
Qayd etilishicha, «bo'rilar» o'z futbolchisini 50 million funtga sotishga tayyor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!